Jahon chempionati: Terma jamoamiz Panamani yirik hisobda yengdi
Qatar maydonlarida davom etayotgan futbol bo‘yicha U17 yosh toifasidagi Jahon chempionatining “J” guruhida O‘zbekiston - Panama, Irlandiya - Paragvay terma jamoalari to‘qnashdi.
Quvonarlisi, Islombek Ismoilov boshchiligidagi terma jamoamiz panamalik tengqurlariga qarshi o‘tgan o‘yinda 6:1 hisobida zafar quchdi. Termamizga g‘alaba keltirgan gollarga Abubakir Shukrullayev, Sadriddin Hasanov, Sayfiddin Sodiqov, Jamshidbek Rustamov, Asilbek Aliyev, Abdusamad Saidov mualliflik qildi.

Irlandiya va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa mazkur guruhda Irlandiya 7 ochko bilan birinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, futbolchilarimiz 6 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rin bilan pley-off bosqichiga chiqdi. Paragvay esa 4 ochko bilan 3-pog‘onada qoldi. Panama o‘tgan uch o‘yinda mag‘lub bo‘lgani bois birorta ham ochko qo‘lga kirita olmadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA