Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon chempionati g‘oliblari aniqlandi
14:04 / 2025-08-19

Samarqandda sportning triatlon turi bo‘yicha harbiylar o‘rtasida o‘tkazilayotgan 25-jahon chempionati yakkalik bahslari g‘oliblari aniqlandi.

Erkaklar musobaqasida “elite” toifasida fransiyalik triatlonchilar Dorian Konninx va Nathan Lessman birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin o‘zbekistonlik sportchi Jereme Kuindosga nasib etdi.  

Kattalar o‘rtasida “senior” bahslarida rossiyalik Kirill Goldoviski  marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Ikkinchi o‘rinni fransiyalik Boulch Bertrand, uchinchi o‘rinni portugaliyalik Neves Marsio egalladi.

Xotin-qizlar bellashuvlarida ham “elite” toifasida fransiyalik harbiy triatlonchi Matilda Gautiyerga teng keladigani topilmadi. Sloveniyalik Tjasha Vrtachich ikkinchi, yana bir fransiyalik sportchi Seliya Merle uchinchi bo‘ldi.

Kattalar o‘rtasida “senior” yo‘nalishida rossiyalik Anastasiya Abrosimova finish chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Keyingi o‘rinlar kanadalik Sara Graves va ispaniyalik Loreto Pastor Sopelanaga nasib etdi.

[gallery-24824] 

Musobaqada ishtirok etgan triatlonchi qizlarimizdan Alina Hakimova kuchli beshlikdan joy oldi.  

Chempionatning jamoaviy bahslari ertaga o‘tkaziladi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari