Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon chempionati: Bugun futzalchilarimiz guruh peshqadamiga qarshi o‘ynaydi 
09:48 / 2024-09-17

Xabaringiz bor, mamlakatimizda futzal bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun, 17 sentyabr kuni chempionatning guruh bosqichida ikkinchi tur uchrashuvlari start oladi.

Mazkur bahslarning “A” guruhida Kosta-Rika va Niderlandiya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi. Ushbu uchrashuv soat 17:30 boshlanadi. Guruhdagi ikkinchi uchrashuv esa O‘zbekiston hamda Paragvay terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 20:00 da start oladi. Har ikki uchrashuv Toshkentdagi "Humo arena"da bo‘lib o‘tadi. 

Ma’lumot o‘rnida: hozirda “A” guruhida Paragvay 3 ochko bilan guruh peshqadamiga aylangan bo‘lsa, O‘zbekiston va Niderlandiyada 1 ochko mavjud. Kosta-Rika esa ochkosiz birinchi turni yakunlagan. 

Shuningdek, bugun “B” guruhida Tailand – Kuba, Braziliya – Xorvatiya terma jamoalari ham 2-tur doirasida kuch sinashadi. Bu o‘yinlar Buxoroda o‘tkaziladi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA