Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar vakili yarim finalga yo‘l olib, kamida bronza medallarini hal etdi.
Dunyo birinchiligida bugun, 12 sentyabr kuni chorak va yarim final uchrashuvlari o‘tkaziladi. Quvonarlisi, kun davomida 3 nafar charm qo‘lqop ustamiz chorak finalda jang qilsa, 5 nafar bokschimiz yarim final bosqichida ishtirok etadi.
Quyida bugun bahslashadigan sportchilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishasiz:
Chorak finallar:
-48 kg: Sabina Boboqulova - Jovanna Marchese (Italiya)
-50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev - Soushi Makino (Yaponiya)
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Rikardo Fresneda (Ispaniya)
Yarim finallar:
-65 kg: Navbahor Hamidova - Chen Niyen-Chin (Xitoy Taypeyi)
-60 kg: Abdumalik Xalakov - Shunsuke Kitamoto (Yaponiya)
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Saidjamshid Jafarov (Ozarbayjon)
-90 kg: To‘rabek Habibullayev - Emmanuyel Reyes Pla (Ispaniya)
+90 kg: Jahongir Zokirov - Danabike Baykuzi (Xitoy)
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA