Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon chempionati: 4 ta guruhda so‘nggi tur o‘yinlari o‘tkazildi
09:44 / 2025-11-10

Qatarda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda. “A”, “B”, “C” va “D” guruhlarida 3-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi.

"A" guruhida o‘tkazilgan Italiya – Janubiy Afrika terma jamoalari bahci 3:1 hisobida yakunlangan bo‘lsa, Boliviya va Qatar termalari o‘yinida hisob ochilmadi. Natijada Italiya terma jamoasi ochkolarini 9 taga yetkazib olgan holda birinchi o‘rin sohibi sifatida navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.  

Janubiy Afrika Respublikasi 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qolgan bo‘lsa, Qatar 2 ochko bilan uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Boliviya esa 1 ochko jamg‘arib, musobaqa bilan xayrlashdi.

"B" guruhida Yaponiya terma jamoasi so‘nggi turda Portugaliyani 2:1 hisobida yengdi. Marokash esa Yangi Kaledoniya darvozasiga javobsiz 16 ta gol urib, musobaqa tarixidagi eng yirik hisobni qayd etdi.  Shu tariqa, Yaponiya 7 ochko bilan guruhni peshqadam sifatida yakunladi. Portugaliya 6 ochko bilan ikkinchi, Marokash 3 ochko to‘pladi va uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Yangi Kaledoniya 1 ochko bilan 4-o‘rinda qayd etildi.

"C" guruhida Xorvatiya 3:1 hisobida Kosta-Rikani yengdi. Senegal Birlashgan Arab Amirliklarini 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu natijadan so‘ng, Xorvatiya va Senegal 7 ochko to‘plab, navbatdagi bosqichga chiqdi. BAA hamda Kosta-Rika 1 ochko bilan 3-4 o‘rinda joylashdi.

Argentina 3-tur doirasida Fijini 7:0 hisobida yengib, "D" guruhida 100 foizlik natija bilan birinchi o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Belgiya 2:0 hisobida Tunisni yengdi va ochkolarini 6 taga yetkazib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Guruhning 3- va 4-pog‘onalarida Tunis va Fiji qayd etildi.

Bugun, 10 noyabr kuni "F", "G", "H" va "E" guruhlarida so‘nggi 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Quyida ushbu guruhlarda o‘tkaziladigan o‘yinlar bilan tanishasiz:  

Shveysariya – Meksika,  

Janubiy Koreya – Kot-d’Ivuar,  

Salvador – Germaniya,  

Kolumbiya – KXDR,  

Zambiya –Braziliya,  

Gonduras – Indoneziya,  

Misr –  Angliya,  

Venesuela – Gaiti.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA