Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon bozoriga chiqishning muhim omili
16:44 / 2016-03-11

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Sifat" paxta tolasini sertifikatlash markazi tomonidan paxta tolasini sinash va sertifikatlash tizimini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Sifat" paxta tolasini sertifikatlash markazi tomonidan paxta tolasini sinash va sertifikatlash tizimini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

– Mamlakatimizda paxta tolasini sertifikatlash va sinovdan o‘tkazishda eng zamonaviy uskuna – HVI tizimlaridan foydalanilmoqda, – deydi “Sifat” paxta tolasini sertifikatlash markazi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Boyxonov. – Kuniga mingtagacha namuna olish imkonini beradigan ushbu tizim tolaning uzunligi, pishiqligi, rangi, sifati, mikroneyri, kalta tola miqdori kabi ko‘rsatkichlarni aniqlaydi. Sinov yakunida tola to‘dalariga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilib, ishlab chiqaruvchi korxonaga taqdim qilinadi.

Yurtimizda HVI tizimlarida paxtaning sifatini aniqlash usuli qo‘llanilayotgani bejiz emas. Zero, u seleksioner olimlarga sanoatchilar talabiga mos navlarni yetishtirishga yordam berib, paxta sifatini yaxshilash va raqobatbardoshligini oshirishda qo‘l keladi. Shu bois “Sifat” paxta tolasini sertifikatlash markazini 2013-2017-yillar davomida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik qayta jihozlash ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra, 35 yarim avtomatli Uster HVI 900 SA tizimi o‘rniga texnik tasniflari takomillashtirilgan, unumdorligi yuqori bo‘lgan 18 avtomatlashtirilgan Uster HVI 1000 M tizimi o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Hozir ushbu zamonaviy tizimlar Sirdaryo hududiy laboratoriyasida sinovdan o‘tmoqda.

"Sifat" markazida paxta klassifikatorlari tayyorlash kurslari faoliyat yuritmoqda.

Matbuot anjumanida "Sifat" markazi nafaqat paxta tolasi, balki paxta momig‘i, oqartirilgan gigroskopik momiq, kiyim-kechak va mebelbop momiq, texnik chigit, o‘simlik yog‘lari, shrot, xo‘jalik sovuni kabi mahsulotlarni me’yoriy hujjatlar talablari asosida sinovdan o‘tkazish bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tgani ta’kidlandi. Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.