English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” nomli 100 kitobdan iborat asarlar majmuasi nashr etiladi
16:27 / 2023-12-12

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” nomli 100 kitobdan iborat asarlar majmuasini nashr etish masalalariga doir kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika bolalar kutubxonasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi vakillari, noshirlar ishtirok etdi. 

Yig‘ilishda asarlar majmuasining nashr konsepsiyasi, uning qamrov geografiyasi, shuningdek, “Jahon bolalar adabiyoti durdonalari”ni nashrga tayyorlash bilan bog‘liq tashkiliy masalalar, jumladan, Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlik qilayotgan qardosh va xorijiy mamlakatlarning adabiy tashkilotlari bilan materiallar to‘plash va majmuaga kiritiluvchi asarlarning mualliflik huquqlarini qo‘lga kiritish bo‘yicha muzokaralar yuritish, qayta nashr etiluvchi kitoblarning elektron nusxalarini olish masalalari muhokama qilindi. 

Mazkur ijodiy tashkilot axborot xizmatiga ko‘ra, “Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 2024-2026 yillarda nashrga tayyorlanadi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan chop etiladi. Majmuaga jahonning beshta qit’asi (Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya, Amerika) adabiyoti vakillarining bolalar va o‘smirlar uchun yozgan she’rlari, hikoyalari, ertaklari, qissalari va romanlari kiritiladi. 

Turkiy xalqlar, Sharq mamlakatlari bolalar adabiyoti namunalariga alohida e’tibor qaratiladi. 

N.Usmonova, O‘zA