Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon bo‘ylab jurnalistlardan 49 nafari o‘ldirilgan, 57 nafari o‘g‘irlangan, 389 nafari panjara ortida qolmoqda
12:43 / 2019-12-18

389 jurnalist va OAVning boshqa xodimlari o‘zlarining kasbiy faoliyati tufayli ozodlikdan mahrum qilish joyida ushlab turilibdi.


389 jurnalist va OAVning boshqa xodimlari o‘zlarining kasbiy faoliyati tufayli ozodlikdan mahrum qilish joyida ushlab turilibdi. 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgiga nisbatan 12 foiz ko‘p degandir, deyiladi “Chegara bilmas reportyorlar” xalqaro tashkilotining yillik hisobotida. 
Hisobot 2019 yilning 1 yanvaridan 1 dekabrigacha bo‘lgan davrdagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 

Xitoyda 130 jurnalist, Misrda 36 jurnalist, Saudiya Arabistonida esa 32 jurnalistning panjara ortida ekani ma’lum bo‘ldi. 
“Chegara bilmas reportyorlar” ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyada olti nafar jurnalist ozodlikdan mahrum qilingan. 
Yil boshidan beri jahonda 49 nafar jurnalist o‘ldirildi, bu bir yil avvalgi vaziyatga nisbatan ikki barobar kam ko‘rsatgichdir.
Ularning ba’zilari qurolli nizolar yuz berayotgan hududlarda halok bo‘lgan. 

2019 yilda jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakatlar sifatida  Meksika, Suriya, Afg‘oniston, Pokiston, Somali deya tan olindi. 
OAVning 57 nafar xodimi o‘g‘irlandi, ulardan biri Ukraina sharqida, qolganlari Suriya, Yaman va Iroqda. 

Ularning ko‘pchiligi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi.