Jahon bankining vitse Prezidenti Samarqandda
Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Berde boshchiligidagi delegatsiya bugun Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
Mehmonlar dastlab Samarqand shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida bo‘ldi.


Jahon banki vitse-prezidentiga mazkur markaz faoliyati, bu yerda tayyorlanayotgan mutaxassislar haqida batafsil ma’lumot berildi.
bugungi kunda monomarkazda ishsiz fuqarolar 22 turdagi kasb-hunarga o‘qitilmoqda.


Kurslarda o‘qish davomida tinlovchilarga xorijiy tillar va tadbirkorlik asoslari ham o‘qitiladi. Darslar 70 foiz amaliy mashg‘ulotlardan iborat. Markazda o‘qigan fuqarolarga xalqaro darajada tan olinadigan sertifikat beriladi.
Anna Berde xonim markaz faoliyatiga yuqori baho berib, Jahon banki O‘zbekistonda bu kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.



G‘. Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA