French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon bankining grant dasturi amalga oshirilmoqda
17:17 / 2023-12-05

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (“MUNIS”) loyihasini amalga oshirish guruhi tomonidan “Research Commercialization Program (RCP)” tanlov grant dasturi e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Jahon bankining mazkur dasturi biznesda mavjud va kichik hajmli prototip yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar natijasini tijoratlashtirish loyihalarini moliyalashtirish, tijoratlashtirish salohiyatiga ega loyihalarni konsultativ qo‘llab-quvvatlash maqsadini ko‘zlaydi.
Dasturni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish hamda etimoliy talabgorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yil 5, 7, 12 va 14 dekabr kunlari Toshkentdagi “INNO” texnoparkida onlayn va oflayn tartibda tanlov sharti, talabi va yo‘nalishi, ariza topshirish va ekspertiza jarayoni bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etish uchun amaliy seminar o‘tkazish mo‘ljallangan.

Asosiy spikerlar sifatida Jahon banki xalqaro ekspert-maslahatchilari – texnologiyani tijoratlashtirish va innovatsiyani tatbiq etish bo‘yicha Abilay Aximbekov, venchur moliyalashtirish, texnologiya transferi va innovatsiya ekotizimini rivojlantirish sohasida Yevgeniy Yevdokimov, intellektual mulkni boshqarish, innovatsion marketing, patent tadqiqoti va texnologiya transferi masalalari bilan shug‘ullanuvchi Yekaterina Runova ma’ruzalari tinglanadi.

[gallery-14898]

Mazkur seminarlarda “RCP” dasturi haqida umumiy ma’lumot beriladi hamda arizani topshirish, ko‘rib chiqish tartibi, grant sharti va talabi kabi masalalar muhokama qilinadi. Anjumanning yakuniy qismidan o‘rin olgan “Q&A” sessiyalarida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishlari mumkin.

Jami 500 nafardan ortiq tinglovchi orasida oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar va xususiy sektor vakillari, shuningdek tadqiqotchi olimlar, yosh startapchilar bor.

Saidmurod Rahimov,

Muhammad Amin (surat), O‘zA