Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon banki vodiy viloyatlariga 200 million dollar kredit beradi
12:34 / 2019-03-25

Jahon bankining Direktorlar kengashi Fargʻona vodiysi viloyatlarida qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 200 million dollar kredit berishni maʼqulladi.


Jahon bankining Direktorlar kengashi Fargʻona vodiysi viloyatlarida qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 200 million dollar kredit berishni maʼqulladi.

Sputniknews bank vakolatxonasi xabariga asoslanib maʼlum qilishicha, kreditlar Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlarida tadbirkorlikni amalga oshirish uchun texnik koʻmak koʻrsatish, qishloq xoʻjalik, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va turizm sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston 1995-yildan buyon Jahon banki aʼzosi. Shu kunga qadar Jahon banki Oʻzbekistonga 4 milliard dollar miqdorida kreditlar ajratgan. Ushbu kreditlar hisobidan 36ta loyiha amalga oshirilgan.