Jahon banki vakillari bilan energetika sohasidagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi
Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhom Norqulovning Jahon banki vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda «O‘zbekistondagi binolar uchun toza energiya» va «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» loyihalarini amalga oshirish holati muhokama qilindi.
Shuningdek, Jahon banki vakillari iqtisodiyotni dekarbonizatsiya qilish bo‘yicha innovatsion loyihani amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etdi.
Ushbu loyihani amalga oshirish mamlakatimizda barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish bilan birga, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij kelishuvining 6-moddasi doirasida xalqaro hamkorlikka tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni davom ettirish va o‘zaro manfaatli loyihalar ko‘lamini kengaytirishga kelishib oldi.
O‘zA