Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon banki Ukrainaga qo‘shimcha yana 530 million dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi
15:12 / 2022-10-01

Bu haqda mazkur xalqaro moliya muassasasi vitse-prezidenti Anna Berde ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Xabarda keltirilishicha, u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "Bugun Jahon banki Ukrainani qo‘shimcha moliyalashtirish uchun 530 million AQSH dollari ajratishni ma’qulladi", - deb yozgan.

Berdening qo‘shimcha qilishicha, ajratilayotgan yordam Ukrainani zarur bo‘lgan davlat xizmatlarini ko‘rsatishini, jumladan sog‘liqni saqlash, ta’lim va pensiyalarni moliyalashtirishni ta’minlaydi.