French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon banki Sudanga ko‘rsatayotgan yordamini to‘xtatdi
20:12 / 2021-10-27

Jahon banki Sudanda harbiylar davlat to‘ntarishi yasagani sababli mamlakatga ko‘rsatayotgan yordamini to‘xtatgani haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda Frans Press agentligi.

"Jahon banki guruhi dushanba kuni Sudanga nisbatan amalga oshirilayotgan barcha moliyaviy amaliyotlarni to‘xtatdi. Hozircha mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqdami", - dedi bank rahbari Devid Malpassa Frans-press agentligiga bergan intervsida.

Dushanba kuni Sudan harbiylari to‘ntarish yasab, mamlakat bosh vaziri Abdulla Xamdok va hukumatning boshqa a’zolarini hibsga olgan edi. Shu kuni mamlakatda favqulodda holat e’lon qilinib, barcha hokimiyat organlari tarqatib yuborildi.

Seshanba kuniga kelib esa Xamdok rafiqasi bilan poytaxtdagi qarorgohiga qaytgani haqida xabar tarqaldi.