Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon banki Oʻzbekistonga qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish uchun 500 mln dollar mablagʻ ajratadi
21:10 / 2020-08-11

“Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining qisqacha mazmuni.

“Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining qisqacha mazmuni.

1. Jahon bankining Direktorlar kengashi tomonidan Oʻzbekistonda “Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda – Loyiha) moliyalashtirish uchun:

30 yil muddatga 10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 181 mln dollar miqdorida qarz;

Xalqaro taraqqiyot uyushmasi koʻlamini kengaytirish dasturining 100 mln dollar miqdoridagi krediti;

Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 5 yillik imtiyozli davr bilan 219 mln dollar miqdoridagi imtiyozli krediti ajratilmoqda.

Moliya vazirligiga ajratiladigan mablagʻlarni qayta kreditlash bitimlarini imzolash, zarur hollarda, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilmoqda.

Qishloq xoʻjaligi vazirligiga Loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash, boshqarish va hisobotini yuritish yuklatilmoqda.

Shu bilan birga, Bosh vazir oʻrinbosari Oʻ. Barnoyev rahbarligida (J. Xodjayev – oʻrinbosar) Ishchi guruhi tasdiqlanib, unga Loyiha ijrosini muvofiqlashtirish, jalb qilinayotgan 500 mln dollar mablagʻ doirasidagi har bir loyihani asosliligi va maqsadga muvofiqligini oʻrganish yuklatilmoqda.

2. Loyiha doirasida moliyalashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilanmoqda:

oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va “Daladan dasturxongacha” tamoyili asosida mahsulot yetishtirish;

eksportni ragʻbatlantirish, xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, eksportbop yuqori qoʻshilgan qiymatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish borasida qulay agrobiznes muhitini va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish;

qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmogʻini diversifikatsiyalash, sohada davlat ishtirokini kamaytirish, kooperatsiya tizimini rivojlantirish hamda sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish;

yer va suv resurslari, oʻrmon fondidan oqilona foydalanish;

sohaga boshqaruvning zamonaviy tizimlarini joriy etish, xizmat koʻrsatish servisini takomillashtirish;

qishloq xoʻjaligida ilmiy-tadqiqot, taʼlim va maslahat xizmatlarining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan samarali tizimini yaratish;

qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish, statistik maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish va tarqatishning ishonchli va shaffof usullarini joriy etish.

Hisob palatasiga Loyiha doirasidagi mablagʻlarning maqsadli ajratilishi, sarflanishi va natijadorligi ustidan doimiy nazorat oʻrnatish hamda har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borish yuklatilmoqda.

3. Qaror bilan quyidagilar:

“Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasining texnik-iqtisodiy asosi hamda uning asosiy koʻrsatkichlari;

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi mablagʻlaridan foydalanish sxemasi;

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”;

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish jadvali;

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kreditidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish jadvali;

“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi imtiyozli kreditidan foydalanish va uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish jadvali;

2021-2025-yillarda meva-sabzavot mahsulotlari eksport hajmlarining prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlanmoqda.

4. Mazkur qarorni qabul qilinishi natijasida:

Respublikadagi 80 foiz fermerlarning oʻzaro kelishuv asosida kooperatsiyalarga birlashuvi taʼminlanadi.

12 mingta fermerlar tomonidan zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalar joriy qilinadi.

10 ming gektar yer maydonlarining agrotexnologik xaritalari yangilanadi, elita va super elita urugʻ va koʻchatlar ishlab chiqarish hajmi 30 foizga oshiriladi.

Meva-sabzavotlarning jami ekin maydonlaridagi ulushi 20 foizdan (776 ming ga) 30 foizga (1 mln ga) oshadi.

Respublikada 2 850 ga koʻrgazmali zamonaviy intensiv bogʻlar, 27 ta meva-sabzavotchilik kooperatsiyalari tashkil etiladi.

Loyiha doirasida koʻrsatiladigan xizmatlar orqali isteʼmolchilarning 75 foizi qamrab olinadi.

15 000 ta yangi ish oʻrinlari (ayollar uchun 2 250 ta) yaratiladi.

Respublika va barcha viloyatlarda “yagona darcha tamoyiliasosida davlat-xususiy sheriklik shartlarida tashkil etiladigan Agroxizmatlar markazlari (sohadagi barcha vazirlik va idoralarning hududiy boʻlimlari vakillaridan iborat) faoliyati yoʻlga qoʻyiladi hamda 500 dan ortiq xizmatlar koʻrsatiladi.

Bunda 40 dan ortiq yangi turdagi innovatsion, jumladan geoaxborot tizimlari, dron xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi, xalqaro standartlar, “Organic”, “Global G.A.P” va “Halol” sertifikatlari joriy etiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 8 ta, Andijonda 4 ta, Buxoroda 3 ta, Jizzaxda 2 ta, Qashqadaryoda 3 ta, Namanganda 5 ta, Navoiyda 3 ta, Samarqandda 5 ta, Sirdaryoda 4 ta, Surxondaryoda 3 ta, Toshkent viloyatida 3 ta, Fargʻonada 3 ta, Xorazmda 4 ta Elita urugʻchilik xoʻjaliklari urugʻlarni saralash, kalibrovka qilish, dorilash, qadoqlash texnikalari bilan toʻliq jihozlanadi va urugʻlarni saqlash boʻyicha zamonaviy omborxonaga ega boʻladi.

Natijada ishlab chiqarish xarajatlari 30-40 foizga kamayadi, har bir ekin turi navlarining avlodi boʻyicha sifatli urugʻlarni yetishtirish miqdori 50 foizga, ularning hosildorligi 100 foizga oshadi;

Buxoroda 500 ga, Andijonda 300 ga, Jizzaxda 250 ga, Qashqadaryoda 200 ga, Namanganda 300 ga, Samarqandda 300 ga, Surxondaryoda 200 ga, Toshkent viloyatida 500 ga, Fargʻonada 300 ga, maydonda yangi usuldagi zamonaviy intensiv bogʻlar yaratiladi.

Buxoroda 200 ming tonna, Xorazmda 200 ming tonna boʻlgan agrologistika komplekslari barpo etiladi.

Respublika Ishchi guruhi (Qishloq xoʻjaligi vaziri Xodjayev boshchiligida) tomonidan hududiy ishchi guruhlari uchun Toshkent davlat agrar universitetida yetti kunlik seminar tashkil etilib, Unda har bir viloyat kesimida qilinadigan ishlarning mazmuni va ishni tashkil etish mexanizmi tushuntirib beriladi.