Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon banki jahon iqtisodiyotining o‘sish prognozini 3,2 foizga tushirdi
16:02 / 2022-04-19

Jahon banki jahon iqtisodiyotining 2022 yilgi o‘sish prognozini 4,1 foizdan 3,2 foizgacha tushirdi, dedi ushbu moliya muassasasi prezidenti Devid Melpass.

"Biz 2022 yilgi o‘sish prognozini avvalgi 4,1 foizdan 3,2 foizgacha tushirdik", – dedi u jurnalistlarga. Sayyoramizda iqtisodiy faollikning sustlashiga asosiy omillar sifatida Melpass Ukrainadagi voqealar, Xitoydagi koronavirus bilan bog‘liq lokdaunlar, yoqilg‘i, o‘g‘it, oziq-ovqat narxlari qimmatlashgani va foiz stavkalarning oshish ehtimolini keltirdi.