English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon banki ishtirokida 7 ta oliy ta’lim muassasasi ilmiy-tadqiqot laboratoriya jihozlari bilan yangilanmoqda
09:44 / 2022-12-01

O‘zbekiston Milliy universitetida “Zamonaviy tadqiqot laboratoriyasining ta’lim sifatiga ta’siri” mavzusida milliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari   Rahimjon Hakimov ilmiy faoliyat va ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish muhimligini ta’kidladi.  

Shuningdek, Jahon bankining “Oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida ishtirok etayotgan 7 ta oliy ta’lim muassasasining tegishli mas’ullari loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot qildilar.  

Milliy seminarda oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va sanoat korxonalari xodimlarining tashkil etilgan zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalaridan xabardorligini oshirish, ilmiy tadqiqot ishlarida uchraydigan muammolarni hal etish bo‘yicha fikr almashildi.  

Aytish kerakki, ushbu loyiha doirasida zamonaviy muassasalararo ilmiy laboratoriyalar yaratish uchun umumiy qiymati 11,7 million AQSH dollari bo‘lgan 7 ta shartnoma imzolangan.  

Hozirda ushbu hujjatlar asosida O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat arxitektura-qurilish instituti, Toshkent davlat transport universitetiga ilmiy-tadqiqot laboratoriya jihozlari yetkazilib, montaj, ekspluatatsiya ishlari yakunlangan.  

 

O‘zA