English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon banki Fargʻona vodiysida innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlamoqda
22:49 / 2020-01-14

Unda Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlari hokimliklari vakillari, tadbirkorlar qatnashdi.


Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan tashabbuskorlar ishtirokida biznes forum boʻlib oʻtdi.

Unda Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlari hokimliklari vakillari, tadbirkorlar qatnashdi.

Biznes forumda Fargʻona vodiysida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik keng rivojlantirilayotgani, bu jarayonga Jahon bankining imtiyozli kreditlari ajratilgani va ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yuzasidan hudud tadbirkorlariga batafsil maʼlumotlar berildi.

Tadbirda Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Sharof Rajabbayev Jahon banki Innovatsion rivojlanish vazirligiga ikki yoʻnalishda moliyaviy koʻmak ajratganini maʼlum qildi.

Xususan, “Murabbiylik va biznes inkubatsiya” komponenti boʻyicha xorijiy ekspertlarni jalb qilish orqali innovatsion faoliyat rivojlantiriladi va texnologiyalar transferi amalga oshiriladi. Shuningdek, innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida hududiy innovatsiya markazlari xodimlari chet elga stajirovkalarga yuboriladi. Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, startap tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash orqali innovatsion tadbirkorlik rivojlantiriladi.

photo5255796835426085935.jpg

“Qishloq xoʻjaligi boʻyicha innovatsion gʻoyalarni moliyalashtirish” yoʻnalishida innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi tadbirkorlarga moliyaviy koʻmak berish nazarda tutilgan. Bunda texnologiyalar transferini amalga oshiruvchi innovatsion tadbirkorlik ham qoʻllab-quvvatlanadi.

Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari Jahon banki tomonidan Fargʻona vodiysida innovatsion infratuzilmani rivojlantirish va bu orqali hududlarning innovatsion salohiyatini oshirish loyihaning asosiy maqsadi ekanini alohida taʼkidladi.

Jahon banki Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida tashkil etilgan innovatsion infratuzilma obyektlarini rivojlantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan taʼminlash uchun 3 million AQSH dollari miqdorida grant mablagʻlari ajratgan.

Bundan tashqari, ushbu yoʻnalishda vazirlik tomonidan muntazam ravishda seminar-treninglar, innovatsion tadbirkorlikni shakllantirishga qaratilgan maslahat kurslari, xususan, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda amalga oshirish koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, Jahon banki hududlarda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish, hududlarning turli soha va yoʻnalishlariga innovatsion ishlanmalar, loyihalarni joriy etishni kuchaytirish maqsadida 5 million dollar imtiyozli kredit mablagʻlarini yoʻnaltirilgani maʼlum qilindi.

Mazkur loyihani amalga oshirish natijasida qishloq xoʻjaligi sohasining raqobatdoshligini oshirish, uchuvchisiz texnologiyalar va jarayonlarni robotlashtirish, yuqori hosildorlik beruvchi ilgʻor agrotexnologiyalarni joriy etish rejalashtirilayotgani alohida qayd etildi.