Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon banki “Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qo‘llash” loyihasi uchun grant mablag‘ ajratdi
13:54 / 2024-06-13

2023 yil 8 avgustda “Jahon banki ishtirokida “energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qo‘llash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingan.

Ushbu hujjatga asosan mamlakatimizda Jahon banki ko‘magida “Energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qo‘llash” (iCRAFT) loyihasi amalga oshirilmoqda.  

Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, loyiha uchun Jahon banki tomonidan 7,5 million AQSH dollari miqdorida 1-transh mablag‘lari ajratildi.  

Ushbu mablag‘   “Qisqartirilgan emissiyalarni sotib olish shartnomasi” (ERPA) komponenti doirasidagi islohotlarni, xususan, energiya tariflari islohotida aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga bo‘lgan ta’sirini yumshatish va ularni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.    

1-transh mablag‘lari xalqaro issiqxona gazlari savdosi simulyatsiyasi sifatida O‘zbekistonga qaytariladigan va qisqartirilgan issiqxona gazlari emissiyasi uchun ajratilgan grant moliyasi hisoblanadi.  

“iCRAFT” loyihasi O‘zbekistonda Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan energetika sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dunyodagi birinchi global tashabbusdir. Bu ishlar natijasida issiqxona gazlari emissiyalarini kamaytirish va ularning bir qismini xalqaro bozorlarda savdosini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.  

Qarorga ko‘ra, ushbu ajratilgan mablag‘lar respublikani “yashil” iqtisodiyotga o‘tish jarayonini jadallashtirish, issiqxona gazlari chiqarilishini monitoring qilish tizimini tashkil qilish, Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi va “O‘zenergosotish” AJ faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.  

Shuningdek, energetika sohasini tartibga solish va institutsional islohotlarni amalga oshirish, quyosh panellarini o‘rnatib berish orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarni qo‘llab-quuvvatlashga qaratilgan pilot loyihalarni amalga oshirish, mamlakatda energiya samaradorligini oshirish kabi chora-tadbirlar moliyalashtiriladi.  

 

N.Ziyodullayeva,  

O‘zA