Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon banki ekspertlari Oʻzbekistonda chorvachilikni rivojlantirish strategiyasini qoʻllab-quvvatlamoqda
15:30 / 2020-08-13

Jahon bankining xalqaro ekspertlari Oʻzbekistonda chorvachilikni rivojlantirish strategiyasini toʻla qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.


Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasida Jahon banki ekspertlari ishtirokida Oʻzbekistonda chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi muhokamalariga bagʻishlangan videoanjuman shaklida tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekistonda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirishda xorijiy tajribalarni oʻzlashtirish, chorvachilik komplekslarini koʻpaytirish, chorva naslini yaxshilash kabi masalalar muhokama qilindi. Sohani yana-da rivojlantirish uchun ilmiy tadqiqotlar olib borish, zamonaviy texnologiyalar va ilgʻor xorijiy tajribalarni keng joriy etish kabi jihatlarga ham eʼtibor qaratildi.

Jahon bankining xalqaro ekspertlari Oʻzbekistonda chorvachilikni rivojlantirish strategiyasini toʻla qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.