Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jahon adabiyoti”ning navbatdagi soni...
17:53 / 2023-01-31

15 yilkim adabiyot muxlislari “Jahon adabiyoti” jurnali bilan oshno bo‘lib keladi. Jurnal ko‘pchiligimizning qadrdonimizga, do‘stimizga aylanib ulgurgan.

Nashrning o‘ziga xos tomoni –  uning geografiyasi va mundarijasi rang-barangligida. O‘zbek adabiyoti, qo‘shni xalqlar, dunyo adabiyoti vakillari ijodi ona tilimizda jaranglaydi.

Qadrdon jurnalimizning 2022 yilning so‘nggi soni...

Mutolaani “Navoiy saboqlari”dan boshlaysiz. Ulug‘ shoirning “Yuzin zulf ichra to ko‘rdim...” g‘azali o‘zbek va ingliz tillarida berilgan. Taniqli navoiyshunos Olimjon Davlatovning nasriy bayoni g‘azal mazmun-ma’nosini anglashda qo‘l keladi.

 Yusuf Samad o‘g‘lining “Bobo Koho nidosi”, “Sovuq tosh”, “46-yil o‘yinlari” va “Ostona” nomli hikoyalari, Lu Sunning “A.Kyuning haqiqiy tarixi” qissasi, Yuriy Kazakovning “Teddi” hikoyasi, David Qug‘iltinovning she’lari,  taniqli tojik yozuvchisi Sattor Tursunning “To‘fon” nomli qissasi maroq bilan o‘qiladi.

Jurnal bosh muharriri Ahmadjon Meliboyevning “Aytmatovshunoslik ilmi ufqlari” adabiy maqolasi atoqli yozuvchi, so‘z ustasi – zargari Chingiz Aytmatov ijod yo‘liga bag‘ishlanadi.

“Jahon adabiyoti”ni o‘qing.

O‘zA