French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jahon adabiyoti”ni o‘qing...
10:35 / 2025-08-19

“Jahon adabiyoti” jurnalining navbatdagi soni nashrdan chiqdi.

Jurnal mundarijasi rang-barang. 

Mutolaani filologiya fanlari doktori, professor Dilnavoz Yusupovaning “Alisher Navoiy “Xamsa”sining Usmonli turk adabiyotiga ta’siri” nomli maqolasidan boshlaysiz. 

Usmonli turklar saltanatida Alisher Navoiy shaxsiyati va ijodiy merosiga qiziqish, uning she’rlariga tatabbu’ bitish, muayyan asarlari ta’sirida asar yaratish an’anasi mavjud bo‘lgan. Bu qiziqish shoir hayotlik davridan bugunga qadar davom etib kelmoqda. Germaniyalik olima shifokor Zigrid Klaynmixelning yozishicha “Usmoniylar imperiyasida Alisher Navoiy she’rlariga havasmandlik shoirlarni chig‘atoycha she’r yozishga undagan. Ushbu she’rlar usmoniylar imperiyasida nazmni tushungan usmoniy tilida so‘zlashuvchilarga manzur edi. Shoir do‘stlarining forscha she’riga qarama-qarshi ravishda Alisher Navoiyning o‘zlariga yaqin bir tilda shunday buyuk bir asarlarni yaratganligi unga nisbatan ulkan muhabbatning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan, deb yozadi olima.

Rahmatli Mansur Jumayevning eronlik mashhur shoir Ahmad Shomludan qilgan tarjimalarini o‘qib, Ahmad Alif Bomdon va Subh kabi taxalluslar bilan ijod qilgan Ahmad Shomlu ruhiy olamiga kirib, hayratlanasiz. Shu bilan birga Mansur Jumayevdek so‘z zargarining mahorati va bugun uning huvillab qolgan uning o‘rni... va taqdir hukmi oldida bosh egasiz.

Men bilan quyoshning 

har kun ertalab 

seni sevish uchun uyg‘onmoqlikdan 

boshqa vazifamiz yo‘q...

She’rni, tarjimani qarang!..

Ahmad Shomlu ham, Mansur Jumayev ham hayotga tashna, qalbi muhabbat ishqi ila limmo-lim shoirlar ekanligini dil-dildan his qilasiz.

Antuan de Sent-Ekzyuperi, Frensis Eliza Byornettning qissa va romani Baxtiyor Ibrohimov tarjimasida Qatar hikoyalari maroq bilan o‘qiladi.

Mahatma Gapndining “Inson borki azizdir” roman-essesi alohida mavzu. Mahatma – buyuk qalb, degani. Ilk bor R.Tagor qo‘llagan bu so‘zni. Gandining unvoni. – Bu unvon meni ko‘p bor ranjitgan, biror marta xursand qilganini eslay olmayman, deb xotirlaydi Gandining o‘zi. O‘ttiz yil davomida bir narsaga – o‘zimni anglashga intildim. O‘sha maqsadga yetish uchun nafas olayapman, harakatlanayapman va bu dunyoda borman. Butun aytganlarim, yozganlarim va butun siyosiy faoliyatim o‘sha maqsadga yo‘naltirilgan...

“Jahon adabiyoti”ni topib, o‘qing...

A.Narzulloyev, O‘zA