Ma’naviyat va ma’rifat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi.
Chunki ma’naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik vujudga keladi, ma’rifatli, bilimli, ziyoli insonlar bor yerda esa mamlakat va millat taraqqiy etadi.
Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning turli joylarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki unga qarshi kuch ishlatilsa, zo‘ravonlik vositasida kurash olib borilsa, jaholat avvalgidan ham battarroq kuchayib ketishi aniq. Shu o‘rinda, Imom Buxoriy xazratlarining «Ilmdan boshqa najot yo‘q, bo‘lmaydi ham» degan ta’kidlari, ayni haqiqatdir.
Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “Chinboy” MFYda o‘tkazilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” nomli davra suhbatida xuddi shu mavzuda muhokamalar bo‘ldi. Ёш avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, har xil ma’naviy tahdidlardan asrash hamda экстремизм g‘oyalariga berilishning oldini olish maqsadida o‘tkazilgan ушбу davra suhbatida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Hakim Sattoriy, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassisi Ziyoda Akbarqulova, Olmazor tumani Diniy ishlar bo‘yicha mutaxassisi Abdug‘affor Qayumov, Olmazor tumani Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari Muazzamxon Aliboyeva, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori Mansur Musayev, “Chinboy” MFY raisi Muzrob Yunusovlar so‘zga chiqdilar.

So‘zga chiqqanlar, har qanday kasallikning oldini olish uchun avvalo kishi organizmida unga qarshi kurashuvchi immunitet hosil qilinishi zarurligini, yoshlarda ona Vatanimizga bo‘lgan muhabbat, ota-bobolarimiz kabi o‘z tariximizga, dinimizga sadoqat tuyg‘ularini ko‘proq shakllantirish, ular ongida va qalbida mafkuraviy, ma’naviy immunitetni kuchaytirish muhim ekanligini ta’kidladilar. Комил insonni, sog‘lom avlodni tarbiyalash uchun g‘oyaviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik, bo‘shliq o‘rnini vayronkor va buzg‘uncha yot g‘oyalar egallashini oldini olish uchun esa faqat o‘qish, ilm o‘rganish joizligini asosli tarzda tushuntirdilar.
Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi Gulchehra Shahobiddin qizi moderatorlik qildi va o‘z ijod namunalaridan o‘qib, yig‘ilganlarni xushnud etdi. Mahalla kutubxonasiga Markaz tomonidan chop etilgan kitoblardan sovg‘a qilindi.
Oydin YO‘LDOSHEVA, O‘zA