Sport vazirligida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida o‘tkazilgan ma’naviy tadbirda mamlakatimizda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sportchilarimizning nufuzli xalqaro musobaqalarda erishayotgan g‘alabalari yurtimiz yoshlarini ruhlantirayotgani, bu o‘z navbatida barkamol avlod vakillarining yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.
Sport vaziri Adham Ikromov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi maslahatchisi Ilhom Ma’rupov, sport sohasi xodimlari hamda tegishli idoralar vakillari, murabbiy-mutaxassislar ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, huquqiy, ijtimoiy erkinlik tamoyillari, fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, uning mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘z yuritildi.


Tadbirda shuningdek, jamiyatda uchrayotgan illatlar, yoshlarning yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishi, radikalizmdan himoyalanish, bag‘rikenglikni targ‘ib qilish va fuqarolarimizda ma’naviy immunitetni shakllantirishga oid masalalarga e’tibor qaratildi.

Muhokamalar jarayonida mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA