Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamkorligida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, bugun milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ajdodlarimizning bebaho merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, Yangi O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirish, jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning asosiy shartlaridan biridir.

Shu maqsadda, so‘nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yurtimizda millatlararo munosabatlar va din sohasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qancha qonun hujjatlari va qarorlar qabul qilindi.

Tadbir davomida diniy erkinlik, diniy e’tiqod mavzusida fikr-mulohazalar almashildi. Talabalarga diniy erkinlikning nima ekani, uning mazmun-mohiyati, diniy e’tiqodning ahamiyati hamda insonning dinga bo‘lgan munosabatini belgilashda qo‘llaniladigan tushunchalar haqida gapirib o‘tildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA