Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan”
06:25 / 2024-03-14

Jizzax viloyatida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, dinlararo hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash maqsadida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Arnasoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan” g‘oyasi asosida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda tuman ixtisoslashgan maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Arnasoy tumanidagi bosh mutaxassisi G‘ulom Saydullayev, tuman IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Umid Saypillayev hamda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Gulzoda Haydarova tomonidan mavzuga oid  ma’ruzalar katta qiziqish bilan tingladi.  

Yig‘ilish ishtirokchilariga “Sohta da’volar” nomli videofilm namoyish etildi.  

Fuqarolarga yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga diniy tus berish, soxta g‘oyalarni asl diniy qadriyatlar sifatida talqin qilish va aholiga nosog‘lom aqidalarni singdirish holatlari kuzatilayotganligi ta’kidlandi.  

Shuningdek, yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning mazmun- mohiyati yuzasidan ham atroflicha tushunchalar berildi.  

Tumanda ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish maqsadida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot tadbirlari davom etmoqda.  

A.Qayumov,  

O‘zA muxbiri