Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan dolzarb
10:38 / 2023-04-30

bugungi kunda muqaddas dinimizga bo‘lgan e’tibor har qachongidan kuchaygan. Davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar tufayli muborak Haj va Umra safarlariga borayotganlar safi yil sayin kengayib bormoqda.

Prezidentimiz din xizmatchilari, ibodatga bel bog‘lagan yurtdoshlarimizni atrofdagilarga o‘rnak bo‘lish, hayotda qoqilgan yoki adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlashga da’vat etmoqda.  

Diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar boy ilmiy-tarixiy merosimizni o‘rganish va targ‘ib qilishga xizmat qilish bilan birga necha asrlardan beri Islom diniga e’tiqod qilib kelayotgan xalqimizning diniy ma’rifatini yanada yuksaltirishda katta ahamiyatga ega. 28 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarovni qabul qilar ekan, muloqotda diniy-ma’rifiy yo‘nalishlarda, buyuk ajdodlar ilmiy merosini o‘rganish va xalqimizga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilingan.  

Suhbat jarayonida bugungi tahlikali dunyoda xalqimiz, ayniqsa, yoshlarga islom mohiyatini to‘g‘ri tushuntirib berish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan dolzarb ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi. Shu bois yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, diniy ta’lim sifatini yanada oshirish, ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganib, yurtimizdagi diniy ta’lim muassasalari faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Ramazon oyi davomida barcha imom-xatiblar ishtirokida mahallalardagi 1 milliondan ziyod kam ta’minlangan aholining uyida iftorliklar uyushtirilgan. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hisobidan yordamga muhtoj fuqarolarga 2 milliard 446 million so‘mlik xayr-ehson qilingan.  

Bu yilgi Ramazon oyidagi yana bir muhim yangilik 1400 nafar kam ta’minlangan fuqarolarning davlat tomonidan umra ziyoratiga yuborilishi bo‘ldi. Ular muqaddas manzillarda turib, xalqimizga tinchlik, fayzu baraka tilab xayrli duolar qildilar.  

Shu bilan birga Prezident jamiyatda diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash, fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlash bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirgani rasmiy axborotlarda qayd etilmoqda.  

Ushbu uchrashuv va unda muhokama qilingan masalalar davlatimiz tomonidan dinimizga qaratilayotgan e’tiborning yana bir namunasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Diniy sohada xizmat qilayotgan ulamolar, imom xatiblar, mudarrislar va talabalarga hamda barcha islom diniga e’tiqod qiluvchi fuqarolarimiz bu kabi e’tibordan mamnun bo‘lmoqdalar. Shu bilan birga diniy soha xodimlari oldiga o‘z vazifalariga astoydil yondashishlari, xalqimizni to‘g‘ri yo‘lda mustahkam borishlari, ularning hidoyatlaridan og‘ishmasliklari uchun, buyuk ajdodlarimizning ilmiy-ma’naviy meroslarini targ‘ib etishlariga undovchi tarixiy uchrashuv bo‘lganligini ta’kidlashimiz lozim.

Zayniddin Eshonqulov,

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom xatibi

O‘zA