Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jadidlar.uz platformasi ishga tushdi
11:13 / 2024-01-20

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida instituti xodimlari tomonidan yaratilgan Jadidlar.uz platformasining keng jamoatchilik uchun taqdimoti o‘tkazildi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi buyurtmasiga ko‘ra, Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo tashabbuskorligi va boshchiligida 2021—2023 yillar davomida tayyorlandi. Elektron platformaga 250 ga yaqin jadid turmushi, faoliyati va merosiga oid qimmatli ma’lumotlar, hujjatlar, asarlar kiritilgan.

Taqdimot marosimida Tarix instituti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Dilnoza Jamolova so‘z olib, loyiha yaratilishi va uning ishtirokchilari, jamiyat uchun ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Ta’kidlanganidek, shu kunga qadar xalqimiz 30 ga yaqin jadid haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘lgan bo‘lsa, mazkur platforma orqali harakatning 250 ga yaqin a’zosi haqida batafsil ma’lumot olishimiz mumkin.  

Tarix instituti tayanch doktoranti, Jadidlar.uz  saytiga doimiy ravishda ma’lumot yuklab boruvchi mas’ul xodim Daler Mirzayev platformadan qanday foydalanish bo‘yicha tushuntirish berdi.  

[gallery-15555]

Ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga loyiha tashabbuskorlari batafsil javob qaytardi.

Ta’kidlash kerak, Jadidlar.uz  platformasiga hozirga qadar jadid bobolarimizga tegishli bo‘lgan 174 ta asar, ularning 1000 dan ortiq maqolasi, 120 ga yaqin she’ri hamda 500 ga yaqin hikmatli so‘zi kiritilgan. Elektron fond jadidlarga oid yangi ma’lumotlar bilan doimiy to‘ldirib boriladi. Bundan tashqari, ushbu platformaga jadidchilikni o‘rganuvchi manbalar sifatida 200 ga yaqin surat, 38 ta eshituv, 20 ga yaqin ko‘ruv va 73 ta arxiv yig‘ma jild kiritilgan. Shuningdek, jadidchilikka oid tadqiqotlar sifatida 95 ta asar, 223 ta maqola, 37 ta dissertatsiya va 9 ta xotira asar yuklangan.

Kamola Yusupova,

Rustam Nazarmatov (surat), O‘zA