Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jadidlarning qarashlarida ayollar masalasi (+video)
11:54 / 2026-01-25

Hozirgi kunda yurtimizda xotin – qizlarning o‘rni, ularning jamiyat hayotida nufuzini har tomonlama oshirish, ularning ta’lim olishi, ularni ish bilan ta’minlash, ularning mavqeini oshirish masalasida samarali ishlar olib borilmoqda.

Bundan qariyb 1 asr muqaddam Turkiston o‘lkasida taraqqiyparvar jadidlar jamiyat hayotida ko‘plab masalalar singari xotin – qizlarning jamiyatda nufuzini ko‘tarish, ularning ta’lim olishi, huquqlari, umuman jamiyatda xotin – qizlarga nisbatan qarash va munosabatni o‘zgartirish, avvalo ularni bilimli qilib tarbiyash masalasida oldingi qatorda turib bu qarashlarni amalga oshishiga sababchi bo‘ldilar. 

Hozirgi davrda xotin- qizlarning jamiyat hayotida o‘rni masalasi qanday muhim ahamiyat kasb etsa, XIX asr oxiri XX asr boshlarida ham o‘z 
dolzarbligi bilan ajralib turgan. Mazkur vaziyatni o‘rganish, tahlil qilish, jadidlarimiz qarashlarini ilmiy muomalaga kiritish bugungi kunda ham dolzarb vazifalardandir. 

"Jadidchilar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi sonida XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston jadid ma’rifatparvarlarining xotin qizlar masalasida qarashlari, xususan jamiyat hayotida xotin-qizlar o‘rni va roli, ularning savodxonlik darajasi, bu borada jadidlarning olib borgan sa’yi harakatlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Batafsil:

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wI20PAxvNI4" title="Jadidlarning qarashlarida ayollar masalasi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA