Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jadidlarda ta’lim islohoti (+video)
14:46 / 2026-01-18

"Jadidchilar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi sonida ma’rifatparvar jadidchilarning o‘sha davrda ta’lim-tarbiya sohalaridagi islohotlari haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Jadidlar ta’limni modernizatsiya qilish, ma’rifatparvarlik ruhini targ‘ib qilish yo‘lidagi fidoyiliklari tarixda o‘chmas iz qoldirdi. Bugungi kunga kelib jadidlarni tadqiq qilishga yo‘l ochilishi biz, yoshlarning ular tasvirlagan va o‘stirishga intilgan avlod bo‘lishimizga undaydi.

Davlatimiz tarixi va xalqimizning shonli o‘tmishi yetuk olim, ziyoli va jamoat arboblari ismlari bilan to‘la. Ular hamma vaqt xalqimizning yuksalishi, adolat, tenglik, eng asosiysi, ilm-ma’rifat uchun kurashgan. Zamonasining har qanday sinovlarini yengib o‘tib, bu yo‘lda jonini ham fido qilgan. Ularning hech bir faoliyati izsiz yo‘qolmagan, ulardan qolgan ilmiy me’ros nafaqat yurtimizda, balki butun dunyodagi yirik universitetlar, kutubxona va ilmiy markazlar tomonidan tadqiq qilinmoqda, tengi yo‘q qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Jadidlar ta’lim-tarbiyani faqat maktabda o‘rgatiladigan vosita emas, balki bu o‘quvchida mustaqil fikrlash va ijodkorlik ruhini kashf etish, deb hisoblagan. Ular an’anaviy fanlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ham urg‘u beradigan yangi turdagi jadid maktablarini Toshkent, Buxoro, Qo‘qon kabi yirik shaharlarda tashkil etdilar. Jadidchilik harakatining eng yirik namoyandalaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘zining “Risolayi asbobi savod” va “Kitabul atfol” nomli asarlarida an’anaviy o‘qitish usullarini isloh qilish bilan birgalikda zamonaviy ta’lim tizimini amalda qo‘llash zarurligini ta’kidlagan. U pedagoglarni o‘quvchida mustaqil fikrlash va atrof olamni savolga tuta olish qobilyatini rivojlantirishga chaqirdi.

Qolaversa, jadidlar ta’lim sohasidagi gender tengligini targ‘ib qildilar, ijtimoiy mavqeyi va jinsidan qat’i nazar barcha uchun ta’limning muhimligini bildirdi. Ularning inklyuziv ta’lim borasidagi qarashlari o‘zbek jamiyatidagi xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishni rag‘batlanishga zamin yaratdi. Abdurauf Fitratning “Oyina” jurnalida berilgan “Xotin-qizlarning tarbiyasi-millat ravnaqi va ma’rifatning poydevoridir” iqtibosi bu fikrning isbotidir.

Batafsil:

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/WaRArZpoRKQ" title="Jadidlarda ta’lim islohoti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA