Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jadidlar. So‘nggi kun” spektakli namoyish etildi
09:49 / 2025-12-01

Respublika yosh tomoshabinlar teatrida “Jadidlar. So‘nggi kun” nomli spektaklning namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur spektakl jadid bobolarimiz ezgu g‘oyalari, ularning millat, Vatan ravnaqi yo‘lidagi zahmatli kurashlari, ibratli sa’y-harakatlariga bag‘ishlangani bilan ahamiyatli.  

Spektaklda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon kabi siymolarning hayot yo‘li lo‘nda, ravon va ta’sirchan yo‘sinda ifoda etilgan.  

Spektakl bizning bugungi yorug‘ va saodatli kunlarimizning  qadriga yetishga, jadid bobolarimizning zahmatli kurashlari va intilishlarini mudom ehtirom bilan yodda saqlashga chorlashi, ularning faoliyati va tarixini o‘rganishga katta mas’uliyat bilan yondashishga chorlashi bilan diqqatga sazovor.

–Bu spektakl istiqlolga osonlikcha erishilmaganini ta’sirchan sahna vositalarida anglatishi bilan ahamiyatli, – dedi teatrning adabiy emakdoshi Doston Rahmatullayev. – Zero, mustaqilligimizning zamirida ma’rifatparvar jadid bobolarning orzu-intilishlari, hayoti, xazon bo‘lgan umri mujassamdir.  

Spektakl muallifi va postanovkachi rejissyor –  Shuhrat Ibragimov. Dekorator – Sardor Otaboyev, liboslar bo‘yicha rassom –  Yevgeniya Biserova, musiqa tanlovchi – Bahodir Zokirov.  

Asosiy rollarni Yo‘ldosh Ermatov, Abduhakim Xalilov, Fayzulla Asqarov, Rahmatilla Qurbonov, Sanjar Islomoxunov va boshqa aktyorlar yuksak mahorat bilan ijro etgan.    

N.Usmonova,

O‘zA