Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jadidlar” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
09:39 / 2024-02-28

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati sardorlar kengashi tashabbusi bilan tarixga qiziquvchi, iqtidorli va bilimga chanqoq maktab o‘quvchilar o‘rtasida “Jadidlar” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.  

Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani”da tashkil etilgan musobaqada viloyatning tuman-shaharlaridan tashrif buyurgan 20 ta maktab jamoasi o‘zaro bellashdi. Ta’kidlash kerak, musobaqaning quyi saralash bosqichida 400 dan ziyod maktab jamoasi qatnashdi. Eng bilimdon, deb topilgan 20 ta jamoa final bosqichiga yetib keldi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, yuqori natija qayd etgan Namangan tumanidagi 31-umumta’lim maktabi jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ldi. To‘raqo‘rg‘on tumanining 23-umumta’lim maktabi o‘quvchilari ikkinchi va Davlatobod tumanidagi 95-umumta’lim maktabi yoshlari uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

[gallery-16150]

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, g‘olib jamoa a’zolarining har biriga “Jadidlar” kitobi to‘plami tuhfa qilindi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA