FOTOREPORTAJ
Urganch davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakultetida 2-kurs talabalari tashabbusi bilan “Jadidlar millatning yuragida yashamoqda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir jadidlar harakatining tarixiy o‘rni va ma’naviy merosini yosh avlod qalbiga singdirish, ularning millatni uyg‘otish, xalqni ilm va taraqqiyot sari yetaklash yo‘lida olib borgan fidokorona faoliyatini yodga olish maqsadiga qaratildi.
[gallery-25803]
Dastur doirasida talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar, musiqiy kompozitsiyalar hamda videoroliklar namoyish etilib, jadidlar faoliyati, ularning ma’rifatparvarlik g‘oyalari, milliy uyg‘onish davrida tutgan o‘rni keng yoritib berildi. Shuningdek, ishtirokchilar jadidlar merosining bugungi kun yoshlariga nechog‘li ibrat ekanligi, ularning “millat uchun xizmat” g‘oyasi har bir yosh uchun hayotiy dasturilamal bo‘lishi kerakligi haqida fikr bildirdi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA