Jadidlar — millat qahramonlari: Ismoilxo‘ja Otaxo‘jayev (+video)
"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi soni ma’rifatparvar, mohir pedagog Ismoilxo‘ja Otaxo‘jayevning hayot yo‘li, mashaqqatli faoliyatiga bag‘ishlanadi.
So‘nggi yillarda jadidlar hayoti va ijodiga e’tibor kuchayib, bu borada ko‘plab tadqiqotlar olib borilyapti, ilmiy-badiiy, tarixiy-xronologik kitoblar chop etilyapti. Fidoyi ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini o‘rganish, o‘rgatish masalalariga yurtimizning chekka hududlarida ham alohida e’tibor berilmoqda. Odatda jadid ma’rifatparvarlari haqida so‘z borganda nari borsa o‘n-o‘n beshta millat oydini yodimizga tushadi. Aslida bunday jonfido insonlar millatdoshlarimiz orasida ko‘pchilikni tashkil qilgan. Ular chekka-chekka qishloqlarda yashab ham hurriyat, yurt ozodligi va millat ma’rifati uchun kurashishgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pdEmySa8cfM" title="Oydin so`qmoqlar elchisi — Ismoilxo`ja Otaxo`jaev" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA