Behbudiy - diniy va dunyoviy bilimlar sohibi (+video)
Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, taraqqiyparvar ulamo Mahmudxo‘ja Behbudiy 44 yil umr ko‘rgan bo‘lsa-da, shu qisqa umri davomida ijtimoiy-siyosiy, diniy faoliyati bilan Turkiston tarixida muhim iz qoldirdi. Uning 200 dan ortiq maqolalari, darslik va asarlari hozirgi kunga qadar o‘z dolzarbligini yo‘qotmay kelmoqda. Shu kunga qadar Behbudiyning ko‘proq ijtimoiy-ma’rifiy, siyosiy faoliyati va qarashlari ko‘proq yodga olinsa-da, diniy qarashlariga u qadar keng to‘xtab o‘tilmaydi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti, faoliyati va asarlarini o‘rganish XX asrning 20-30 yillaridan boshlandi. Ammo orada katta uzilishlar bilan 80-yillardan boshlab keng tarzda tadqiq etib kelinmoqda. Bugungi kunga qadar adabiyotshunos, tilshunos, tarixchi, san’atshunos, faylasuf va pedagoglar tomonidan uning maqolalari, ijtimoiy-siyosiy, madaniy va diniy qarashlari o‘rganilib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston, AQSH va yevropalik olimlar tomonidan Behbudiy hayoti va maqolalari o‘rganilib, ba’zilari jamlangan holda tanlangan asarlar sifatida bir necha bor nashr etildi. Umuman olganda, shu kunga qadar Behbudiy maqolalari Turkiston va xorij davriy matbuotining 18 dan ortiq gazeta va jurnallarida chop etilgan. Ushbu maqolalar allomaning ijtimoiy, siyosiy, diniy faoliyati va qarashlarini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi sonida falsafa fanlari doktori, dotsent Dildora Yusupova Ahmad Yassaviyning avlodi, diniy va dunyoviy ilm sohibi Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida ma’lumot berdilar.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/oWhqBKMVvi4" title="Behbudiy - diniy va dunyoviy bilimlar sohibi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA