Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jadidlar” – ma’rifatparvar bobolarimiz faoliyatidan so‘zlaydi
18:10 / 2022-09-08

FOTOREPORTAJ

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan ma’rifatparvar jadid bobolarimizning ibratli hayotini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida chop etilgan “Jadidlar” kitoblar to‘plami Surxondaryo viloyati ta’lim muassasalariga yetkazib berilmoqda.

“Jadidlar” to‘plami o‘zbek jadidchiligining 8 nafar yirik vakili – G‘ulom Zafariy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti, asarlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

[gallery-8705]

Kitoblar to‘plami viloyatdagi umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalari, Prezident va ijod maktablariga yetkazilmoqda.

Ta’kidlash joiz, mazkur to‘plam orqali yoshlar ma’rifatparvar ota-bobolarimiz, ularning millat ravnaqi, Vatan taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu faoliyati borasida atroflicha ma’lumotga ega bo‘ladi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan surat), O‘zA