Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jadidlar izidan” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi
10:39 / 2025-11-19

Navoiy shahridagi 23-umumta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazilib, unda tuman va shahar bosqichlarida 6-7-8 va 9-10 sinflar o‘rtasida g‘olib deb topilgan o‘quvchilar o‘zaro bellashdi.

Mazkur tanlov umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida jadid alloma, adib va mutafakkirlarning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, o‘quvchilarni kitobxonlikka jalb etgan holda ma’naviy dunyosini boyitish, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlash hamda vatanparvarlik ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida o‘tkazilmoqda.  

Tanlovda ishtirokchilar nizomda belgilangan shartlar asosida jadid namoyondalarining hayoti va ijodi haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 6-7-8-sinflar toifasida Qiziltepa tumanidagi 14-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Dilnura Usmonova, 9-10-sinf toifasida esa Zarafshon shahridagi 3-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Durdona Muxtorova 1-o‘ringa loyiq deb topildi va tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.  

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar, shuningdek, faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.  

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri