Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Jadidlar izidan” tanlovi g‘oliblari poytaxtda
13:28 / 2025-12-18

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Jadidlar izidan” Respublika tanlovining final bosqichi qatnashchilari poytaxtga yetib keldi.

Yakuniy bosqichdan oldin o‘quvchilar uchun qator madaniy va ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, ular O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib, eksponatlar va videokontentlar orqali yurtimiz tarixi, turli asrlarda ilm-fan va madaniyat taraqqiyoti bilan yaqindan tanishdi.  

“Jadidlar izidan” tanlovining respublika bosqichi shu kunlarda poytaxtimizda bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar xorijga ta’lim sayohati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan tanlovda 656  ming 171 nafar o‘quvchi ishtirok etish uchun ariza topshirgan.  

Maktab, tuman-shahar bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 416 nafar ishtirokchi hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Final bosqichida 28 nafar qatnashchi bellashadi.

Mazkur ijodiy tanlov o‘quvchilarga tariximizni chuqur va mukammal o‘rgatishda, ularni yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga, istiqlol orzusi yo‘lida umrini sarflagan jadid bobolarimiz hayoti va faoliyatiga oid qimmatli ma’lumotlarni o‘rganish uchun imkon yaratishda  katta ahamiyat kasb etadi.    

N.Usmonova,  

O‘zA