Jadidlar XIX asr oxiri – XX asr boshida Rossiya imperiyasida musulmon modernist islohotchilari bo‘lgan. Ular o‘zini “taraqqiyparvar”, “ziyoli” yoki faqat “Yoshlar” deb atagan kishilar edi.
Garchi harakat ichida jiddiy mafkuraviy kelishmovchiliklar bo‘lgan bo‘lsa-da, jadidlar aksil-klerikal harakat bo‘lgan, ta’lim sohasini isloh qilish hamda maktablarda “usul ul-jadid” yoki “yangi usul”ni tatbiq qilish va rivojlantirishga intilgan.
Jadidlar – yoshlar, bu esa yoshlar harakati edi. Ma’lum bo‘lishicha, mashhur jadid va yoshlarning sevimli yozuvchisi Cho‘lpon 1910 yilda 13 yoshda, Behbudiyning yoshi esa 30 oshiqroq bo‘lgan ekan. O‘sha harakat ishtirokchilari faqat yoshlardan iborat ekani ma’lum bo‘lmoqda. Ayni masalaga yongdashilganda, shundan kelib chiqish kerak bo‘ladi. Bu yoshlar intellektual jihatdan rivojlangan va Turkistonning jahon taraqqiyotidan orqada qolayotgani sabablarini tushunar edi. Shu o‘rinda qayd etish joizki, ma’rifatparvarlikning chuqur ildizlari bo‘lib, faqat jadidchilik ko‘rinishida zuhur bo‘lgani yo‘q. Uning ma’rifatparvarlik ildizlari ham bor edi va jadidchilik ushbu harakatning akkumulyatori – quvvat yig‘uvchisi bo‘ldi. Albatta, u oldingi adabiyot, oldingi falsafa yutuqlariga asoslangan. Jadidlar o‘zini ushbu falsafaning tahlilchilari sifatida ham namoyon qildi. Bilamizki, mashhur ma’rifatparvar Ahmad Donish, shoirlar Muqimiy, Furqat, Hamza, Ubaydulla Zavqiy, Muhammad Bayoniy, Abay Qo‘nonboyev va olim Cho‘qon Valixonov islohotning hassos tarafdorlari bo‘lgan, ular boshi berk ko‘chadan chiqishni nafaqat ma’rifatda, qolaversa, turkiy xalqlar birligida ko‘rgan. O‘tmishdoshlaridan ancha oldinlab ketgan va ma’rifatparvarlikdan siyosatga o‘tgan jadidlar shu zaminda unib chiqqan.
"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi sonida falsafa fanlari doktori, professor Shahnoza Madayeva jadidchilik harakatida "yoshlar siyosati"ning o‘rni haqida batafsil ma’lumot beradi.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/GN-x8NVh0zM" title="Jadidchilik harakatida "yoshlar siyosati" " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA