Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jadid-mutafakkirlar asarlarida inson mohiyatining falsafiy tahlili
12:01 / 2025-12-25

Voxidjon Nurdullaevich JURAKULOV tadqiqotchi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Samarqand, O‘zbekiston e-mail: jurakulovvoxidjon@gmail.com

PDF shaklida yuklab olish

Annotatsiya

Ushbu maqolada jadid mutafakkirlari asarlarida inson mohiyati haqidagi ijtimoiy-falsafiy qarashlar tahlil qilingan. Inson va uning qadri muammosi falsafaning azaliy mavzusi. Inson alohida, mutlaq qadriyat. Inson tarixiy taraqqiyot jarayonida turli xislatlar, sifatlar va xususiyatlarga ega boʻlgan, ma’naviy-axloqiy jihatlarni qiyofasida aks ettirgan ijtimoiy mavjudod sifatidagi asosiy qadrli subekt. Insonning oʻzini qadriyat sifatida talqin qilish bilan uning qadri va shaxsiy darajadagi qadriyatlar tizimi toʻgʻrisidagi masalalarning bir-biridan farqlari haqidagi jadid mutafakkirlarining fikrlarining mazmuni, mohiyati va konseptual ahamiyati tadqiqi asosiy o‘rin egallaydi. Muallif har bir insonga qadriyat sifatida qarash. Insonning ijtimoiy jarayonlardagi oʻrni, atrof-muhit va boshqa kishilar uchun ahamiyati, jamiyatdagi mavqeyi qadrlanishi borasidagi fikrlarining nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq qilgan.

Tayanch so‘zlar: jadid-mutafakkirlar, ma’rifat, inson, inson erkinligi, inson mohiyati, madaniyat, jadidchilik, jamiyat.