Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jabrlanuvchilarga yetkazilgan 87,7 mln. so‘m moddiy zarar undirilib berilgan
11:38 / 2023-01-27

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish borasida 3,6 trln. so‘mlik undiruvlar amalga oshirilib, 455 561 ta ijro ishlari tamomlandi.

Xususan, jinoyatlarning oldini olish, surishtiruv harakatlarini olib borish va jazo muqarrarligini ta’minlash borasida 100 ta jinoyat ishi va 10 072 ta ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilgan, huquqbuzarlardan 7,2 mlrd. so‘mlik mablag‘ undirilgan.  

Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumanlararo sudining qarzdor B.Karimovdan undiruvchi X.Karimova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun har oyda oylik daromadlarining 1/3 qismi miqdorida sud buyrug‘iga asosan aliment undirilishi belgilangan. B.Karimov aliment pullarini to‘lamasdan yurganligi sababli jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasi 1-qismiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandan keyin ham jabrlanuvchi X.Karimova foydasiga, jami 11 151 962 so‘m miqdoridagi aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.  

Holat yuzasidan B.Karimovga nisbatan Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi ayblov dalolatnomasi bilan tegishli sudlov organiga yuborilgan va sudning qonuniy hukmi chiqarilgan.  

Surishtiruv davomida ayblanuvchi X.Karimova foydasiga 8 500 000 so‘mi undirib berilgan.  

Shuningdek, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumanlararo sudining yana bir hal qiluv qaroriga asosan qarzdor B.Abduqodirov undiruvchi D.Tursunovga “Lacetti” rusumli avtomashinani qaytarish haqidagi ijroni ta’minlashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan. Unga nisbatan Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 232-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilgan. Sud natijasiga ko‘ra, B.Abduqodirov aybli deb topilib, tegishli jazo tayinlangan.  

Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tgan yili surishtiruv harakatlari davomida jabrlanuvchilarga yetkazilgan 87,7 mln. so‘m moddiy zarar undirilib berilgan.  

 

O‘zA