French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jabbor Razzoq: Mutolaa qalbni tarbiyalaydi, koʻngillarni xotirjamlikka chorlaydi
15:17 / 2020-03-21

#Men_kitob_mutolaasi_bilan_bandman #chellenjining ilk ishtirokchisi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Jabbor Razzoq. Siz ham ushbu ulashmada ishtirok eting!


#Men_kitob_mutolaasi_bilan_bandman #chellenjining ilk ishtirokchisi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Jabbor Razzoq. Siz ham ushbu ulashmada ishtirok eting!

Biz sinovli kunlarda oilaviy kitob mutolaasi bilan mashgʻulmiz. Nabiralarimga turli ertak kitoblar oʻqib berayapman. Oʻzim haftada 2-3 ta “Istiqlol“ nashriyotimizda chop etilishi kerak boʻlgan kitoblarni oʻqiyman. Haftada bitta badiiy asar oʻqimasam oʻzimni hech ish qilmagandek tasavvur etaman. Shu kunlarda taniqli ijodkor Abror Gʻulomovning “Istanbul daftari” kitobini oʻqish bilan bandman.

Toʻplam muallifning Turkiya Respublikasidagi 2005-yildan 2016-yilgacha boʻlgan faoliyati asnosida yozilgan boʻlib, undan oʻzim uchun koʻplab yangi taassurotlar oldim.

Turkiya tarixi, qadim davlatchilikda oʻzbek-turk munosabatlaridan tortib, Istanbulning kecha va buguni aks etgan maqolalarni oʻqib turk dunyosiga kirib boradi kishi.

Vatandoshlarimizga ham yoqimli kitob mutolaasini tilayman. Zero, mutolaa qalbni tarbiyalaydi, koʻngillarni xotirjamlikka chorlaydi.