Izmirdagi o‘rmon yong‘ini aholi manziliga yaqinlashdi
Turkiyaning Izmir viloyatida davom etayotgan o‘rmon yong‘ini shamol ta’sirida aholi yashash joyiga juda yaqin kelib qoldi. Ofatga qarshi kurashish uchun samolyot va vertolyotlar ham jalb qilindi. Bu ma’lumotni “A Haber” telekanali tarqatgan.
G‘oziamir va Buja tumanlari o‘rmon hududi payshanba kuni o‘t olgan. Xalqaro aeroport faoliyatida ham uzilish kuzatilmoqda.
Olovni o‘chirish davom etyapti. Jarayonga o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining yetti samolyoti, 16 vertolyoti, 35 yer usti transport vositasi, 11 ta suv keltiradigan mashina, buldozer, to‘rt o‘t o‘chirish jamoasi jalb qilingan.