French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Izlanish va intilish samarasi
18:43 / 2015-04-14

Mamlakatimizda kichik biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish doimiy e’tiborda. Buning samarasida o‘tgan yili 20 mingdan ziyod yangi kichik biznes subyekti tashkil etilib, ularning umumiy soni 195 mingdan oshdi.

Mamlakatimizda kichik biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish doimiy e’tiborda. Buning samarasida o‘tgan yili 20 mingdan ziyod yangi kichik biznes subyekti tashkil etilib, ularning umumiy soni 195 mingdan oshdi. 

Yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ulushi 2000-yildan buyon 31 foizdan 56 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 12,9 foizdan 31,1 foizga o‘sdi. Bugungi kunda iqtisodiyotning ushbu sohasida ish bilan band bo‘lgan aholining 76,5 foizdan ziyodi mehnat qilmoqda. 

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Tashabbus” ko‘rik-tanlovi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish, milliy hunarmandlik maktablarini asrab-avaylash va rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Tashabbus – 2015” ko‘rik-tanlovining tuman va shahar bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 18-martdagi farmoyishi mazkur ko‘rik-tanlovni yuqori saviyada, uyushqoqlik bilan tashkil etishda dasturilamal bo‘lmoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda poytaxtimizda 50 mingga yaqin kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatmoqda. 

“Tashabbus – 2015” ko‘rik-tanloviga Yashnobod tumanida ham qizg‘in hozirlik ko‘rildi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Yashnobod tumani axborot-maslahat markazi rahbari Murod Abdullayevning ta’kidlashicha, tumanda xususiy korxonalar ishlab chiqarayotgan sanoat mahsulotlari hajmi, turi va sifati ortib bormoqda. Bu tanlov doirasida tashkil etilgan sanoat, oziq-ovqat, milliy hunarmandlik mahsulotlari, texnologik uskunalar ko‘rgazmalarida yaqqol namoyon bo‘ldi. Yigirmadan ziyod korxona va hunarmand taqdim etgan mahsulotlar hududda kichik biznesning imkoniyatlari yanada kengayib borayotganini ko‘rsatadi.

– Ijodiy ishlarimiz yurtimiz va xorijdagi nufuzli ko‘rgazmalarda muntazam namoyish etilib, qator xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lmoqda, – deydi hunarmand Yana To‘laxo‘jayeva. – Bularning barchasi milliy hunarmandlikni rivojlantirish borasida yaratilgan qulay shart-sharoit, yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasidir.

Ko‘rik-tanlov yakuniga ko‘ra, oyoq kiyimlar ishlab chiqaruvchi “Ssooter shoyes” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Rashid Rasulov “Eng yaxshi tadbirkor”, yodgorlik va sovg‘abop buyumlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan naqqosh Jasur Bahodirov “Eng yaxshi hunarmand” nominatsiyalarida g‘olib deb topilib, tanlovning shahar bosqichiga yo‘llanma oldi.