French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Izlab imkon topganlar
18:41 / 2020-07-16

Samarqand viloyati Urgut tumanida izlab imkon topganlar va buning natijasida oʻz orzusiga erishish yoʻlida dadil qadam tashlayotganlar koʻp.


Samarqand viloyati Urgut tumanida izlab imkon topganlar va buning natijasida oʻz orzusiga erishish yoʻlida dadil qadam tashlayotganlar koʻp.

Ana shunday tadbirkorlardan biri Karimovlar sulolasi shu paytgacha yengil oyoq kiyimlari ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali yaxshigina daromad manbaiga ega boʻlish barobarida aholining bu mahsulotga boʻlgan talabini qondirishga munosib ulush qoʻshib kelayotgan edi. “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining tashkil etilishi tadbirkorning faoliyat qamrovini yana-da kengaytirishga keng yoʻl ochdi. Shu boisdan ular sport oyoq kiyimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona qurish loyihasini tegishli tashkilotlar oldida muvaffaqiyatli himoya qilib, Sariqtepa massividan 1,5 gektar yer olishga erishdi.

Aniq reja asosida ish yuritish tufayli korxonaning ishlab chiqarish majmuasi, maʼmuriy bino va oshxona qisqa muddat ichida qad rostladi. Bugungi kunda ularda pardozlash ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda.

− Xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda ”EURO STYLE SHOES” qoʻshma korxonasini tashkil etib, yiliga bolalar va kattalar uchun turli oʻlchamdagi 3 million juft sport oyoq kiyimlari ishlab chiqarishni rejalashtirib oldik, − deydi korxona menejeri Dilmurod Karimov. – Buning uchun hamkorlarimiz qiymati bir million AQSH dollariga teng uskunalarning bir qismini allaqachon yetkazib berdi. Shu kunlarda ularni oʻrnatish va montaj qilish ishlarini boshlab yuboramiz. Buning natijasida mahalliy aholidan kamida 55 kishi yangi ish oʻrinlariga ega boʻladi.

Yiliga 20 milliard soʻmdan ziyod mahsulot ishlab chiqarishga moʻljallangan korxonani joriy yilning soʻnggi choragida foydalanishga topshirish moʻljallanmoqda. Tayyorlanadigan mahsulotning asosiy qismi ichki bozorga yoʻnaltirilib, uning kamida 20 foizi qoʻshni Qozogʻiston va Qirgʻizistonga eksport qilinadi.