Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Izchil islohotlar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda
14:35 / 2023-07-28

Davlatimiz rahbari lavozimiga kirishgan kundanoq birinchi navbatda aholini rozi qilishga e’tiborni qaratgani ham bejizga emas. Bu yo‘lda qanchadan-qancha aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar hal qilinganligini hammamiz o‘z kundalik hayotimizda guvohi bo‘lmoqdamiz. “Qilsa bo‘lar ekan-ku” degan qarash har kuni har birimizning dilimizdan o‘tadi.

2023 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari orqali Buxoro viloyati aholisidan 30,3 mingta masalaga oid murojaat kelib tushgan. Shundan 27,3 mingtasi ijro uchun hududiy tashkilotlarga yuborilgan. 10 mingtasi (36 foiz) ijobiy hal etildi. Olib borilgan ijobiy ishlar natijasida kelib tushgan ariza va shikoyatlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga kamayishiga, ijobiy hal etilgan murojaatlar soni oshishiga erishilgan.  

Aholi tomonidan asosan moddiy yordam va homiylik, pensiya va ijtimoiy ta’minot, huquqbuzarliklar haqida xabarlar, elektr energiyasi ta’minoti, sud qarorlarini ijro etish, aliment va qarz undirish, bandlik, gaz ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi, uy-joy bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalar eng ko‘p ko‘tarilgan.  

Ayniqsa, mehnatga haq to‘lash, davlat mulki va aktivlarini boshqarish, avtosanoat, issiqlik ta’minoti, uy-joy krediti, davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish, elektr energiyasi ta’minoti, soliq sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorat, bank kredit operatsiyalari, qurilish, umumiy o‘rta ta’lim bilan bog‘liq masalalar sezilarli oshgan.  

Hisobot davrida Buxoro viloyati, tuman va shahar sektor rahbarlari tomonidan 1 445 marotaba ommaviy sayyor qabullar o‘tkazildi. Ularda 8 587  masalaga oid murojaat kelib tushgan, shundan 5 112 tasi ijobiy hal etilgan.  

Xalq qabulxonalari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga 134 taqdimnoma va 36  taklif hamda Xalq deputatlari Kengashlariga 104  axborot kiritildi. Kiritilgan hujjatlarga asosan kamchiliklar bartaraf qilinishi bilan bir qatorda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning 211 nafar xodimi ogohlantirildi, 14 nafar xodimiga nisbatan “hayfsan”, 1 nafar xodimiga nisbatan oylik ish haqidan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi, 13 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi, 8 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi.  

Xalq qabulxonalari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar asosida Buxoro viloyatida aholini qiynab kelayotgan muammolar ijobiy hal qilingan. Misol uchun, Buxoro shahar “Losha” mahalla fuqarolar yig‘ini Ko‘lisho‘ra aholi punktida yashovchi fuqaro S.Sharopov va bir qator fuqarolarning Xalq qabulxonasiga joriy yilning 13 aprel kuni ichki yo‘llarni asfaltlashtirib berish borasida murojaat qoldirgan edi. Xalq qabulxonasining tashabbusi bilan muammo Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashida muhokama qilinib, bugungi kunda aholining roziligiga erishildi. Ichki yo‘llar asfaltlashtirib berildi.  

Vobkent tumani “Ko‘lodina” mahallasida ham aholi murojaatlaridan kelib chiqqan holda loyihalashtirilgan, har tomonlama shinam va qulay bolalar bog‘chasi qurilishi qizg‘in davom etmoqda. Shofirkon tumanining “Dorigar” mahallasi aholisining tuman  Xalq qabulxonasiga va sektor rahbari bilan o‘tkazilgan sayyor qabullarda yo‘llagan murojaatlaridan kelib chiqqan holda uzoq yillardan buyon hududda maktabgacha ta’lim muassasasi qurish masalasi hal etildi. 2023 yil iyun oyida qamrovi 200 nafarga mo‘ljallangan yangi  bolalar bog‘chasi qurilib foydalanishga topshirildi. 15 yangi ish o‘rni yaratildi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.  

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari asosida, viloyatimiz bo‘yicha dasturlarga tushmagan ichki yo‘llar eng og‘ir va abgor holatdagi mahallalar tanlab olinib, ulardagi 121,9 kilometr ichki yo‘llarga shag‘al yotqizildi.  

Ma’mur Rahmonqulov,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi

bosh mutaxassisi

O‘zA