French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Izchil davom etayotgan sud-huquq islohotlari
15:12 / 2025-11-20

Bugungi kunda yurtimizda davlatimiz va jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida “Inson qadri uchun” tamoyili asosida islohotlar jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning sud-huquq sohasiga qaratayotgan e’tibori alohida e’tirofga loyiqdir. Fuqarolarning huquq va erkinliklari va jamiyat va davlat manfaatlarini har qanday tajovuzlardan sud yo‘li bilan ximoya qilish, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlash yo‘lida olib borayotgan dono siyosati buning yaqqol dalilidir.

Prezidentimizning “Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2025 yil 21 avgustdagi farmonining qabul qilinishi sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqdi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Farmonning asosiy maqsadi  – sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, raqamlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, sudlarning moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashdir.  

Shu tariqa fuqarolarga qo‘laylik yaratiladi, ularning vaqti va mablag‘i tejalishiga olib keladi, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan o‘zlarining buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini sud yo‘li bilan tezkor va samarali ximoya qilish mexanizmi yaratiladi.

Farmon bilan sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, ya’ni sud ishlarini yuritishda qog‘oz shaklidan voz kechish maqsadida "Raqamli sud" konsepsiyasi asosida ishlarning yuritilishini boskichma-bosqich to‘liq elektron shaklga o‘tkazish;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turlarini oshirib borish, sud hujjatlaridan nusxa olish, sud ishlari bilan tanishish, arizaning sud va sudlovga tegishliligini aniqlash, sun’iy intellekt yordamida sud xarajatlarini hisoblash imkoniyatini yaratish, shuningdek, sud tomonidan taqiqlangan manba va kontentlarning elektron reyestrini yuritish;  iqtisodiy sudlar tuzilmasini optimallashtirish orqali ular faoliyatlarining samaradorligini oshirish va yagona sud amaliyotini shakllantirish; “raqamli sud" konsepsiyasi asosida bosqichma-bosqich sud majlisi zallarini tashkil etish hamda aholi va sudyalar uchun qulay zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, sudyalar va sud xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.

Xo‘sh, birgina "Raqamli sud" konsepsiyasi qanday natija beradi?

Mazkur konsepsiya 2026-2027 yillarda bosqichma-bosqich respublikaning barcha sudlarida tatbiq etilishi natijasida:

sudga ariza berishdan oldin sun’iy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi hamda sarflanadigan xarajatlar shakllantiriladi;

murojaatlarni sudga elektron shaklda yuborish ta’minlanadi;

ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud binosiga tashrif buyurmasdan, sud muhokamalarida masofadan turib ishtirok etishadi;

taraflarga sud protsesining o‘zida ishga doir barcha materiallar bilan elektron shaklda tanishish imkoniyati yaratiladi;

sud harajatlarini elektron shaklda hisoblash va to‘lash, ijro varaqalarini avtomatik ravishda ijroga yuborish imkoniyati yaratiladi;

Bundan tashqari, farmon bilan 2025 - 2027 yillarga mo‘ljallangan sud sohasini raqamlashtirish va odil sudlov jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish dasturi tasdiqlanib, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Uzinfocom” mas’uliyati cheklangan jamiyati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan:

2025 yil 1 dekabrdan boshlab fuqarolar, advokatlar, yuristlar, sudyalar uchun normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasini ishga tushirish ta’minlanadi.

Mazkur konsepsiya 2026-2027 yillarda bosqichma-bosqich respublikaning barcha sudlarida tatbiq etilishi natijasida:

sudga ariza berishdan oldin sun’iy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi hamda sarflanadigan xarajatlar shakllantiriladi;

murojaatlarni sudga elektron shaklda yuborish ta’minlanadi;

ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud binosiga tashrif buyurmasdan, sud muhokamalarida masofadan turib ishtirok etishadi;

taraflarga sud protsesining o‘zida ishga doir barcha materiallar bilan elektron shaklda tanishish imkoniyati yaratiladi;

sud harajatlarini elektron shaklda hisoblash va to‘lash, ijro varaqalarini avtomatik ravishda ijroga yuborish imkoniyati yaratiladi;

sud ishlari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda to‘liq elektron tarzda yuritiladi;

sun’iy intellekt yordamida sud majlisi bayonnomalarini real vaqt rejimida matn shaklida tayyorlash imkoni paydo bo‘ladi, sud hujjatlari loyihalari avtomatik shakllantiriladi.

Bundan tashqari, farmon bilan 2025 - 2027 yillarga mo‘ljallangan sud sohasini raqamlashtirish va odil sudlov jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish dasturi tasdiqlanib, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Uzinfocom” mas’uliyati cheklangan jamiyati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan:

2025 yil 1 dekabrdan boshlab fuqarolar, advokatlar, yuristlar, sudyalar uchun normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasini ishga tushirish;

2025 yil yakuniga qadar sud hujjatlarini avtomatik tayyorlash maxsus axborot dasturini yaratish;

2026 yil 1 yanvardan boshlab "my.sud.uz" interaktiv xizmatlar portalida fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish modulini joriy etish, bunda sun’iy intellekt asosida ishlaydigan virtual maslahatchini yaratish, huquqiy murojaatlarga javob berish hamda sud ma’lumotlarini avtomatik yetkazish;

2026 yil 1 martdan boshlab fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha dastlabki sud ma’lumotlarini fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish imkoniyatini yaratish;

2026 yil yakuniga qadar fuqarolarga odil sudlovga erishishda yangi interaktiv qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida 5 ta xizmatni yo‘lga qo‘yish, sud sohasida raqamli texnologiyalar va kommunikatsiyalar siyosati va standartlarini joriy etish;  

2026 yil 1 yanvardan boshlab iqtisodiy sudlar tizimida tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarini tugatish orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo iqtisodiy sudlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish amalga oshiriladi.

Xulosa o‘rnida shuni  aytish joizki, mazkur farmonning sifatli va o‘z vaqtida ijrosi ta’minlanashi fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishi va davlatimizning xalqaro nufuzi yanada oshishiga xizmat qiladi.

Ibrayim Allaniyazov,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha

Beruniy tumani sudining tergov sudyasi

O‘zA