Izboskanda yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi
Andijon viloyati Izboskan tumanida “Bahor bolajon” nomli yangi maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi.
Davlat xususiy sherikchiligi asosida barpo etilgan tashkilotning umumiy loyiha qiymati 1 milliard 777 million so‘mni tashkil etdi. Kelajak vorislarining barkamol etib ulg‘aytirishga xizmat qiluvchi zamonaviy bog‘cha 100 o‘ringa mo‘ljallangan.
Ta’kidlash kerak, keyingi yillarda tumanda 1 ta xususiy, 5 ta davlat-xususiy sherikchiligi asosida va 38 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat boshlab, ularga 1 ming 448 nafar bola qamrab olindi.




Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA