Tayinlov
Xalq deputatlari Andijon viloyati Izboskan tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala – Izboskan tumani hokimini tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Sessiyada tuman hokimi lavozimiga Ahmadaliyev Abrorbek Qosimjonovich nomzodi bir ovozdan ma’qullanib, u tuman hokimi vazifasiga tayinlandi.
Abror Ahmadaliyev 1988 yilda Izboskan tumanida tug‘ilgan. 2012 yilda Andijon mashinasozlik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Andijon viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi 1-toifali mutaxassisi, Andijon viloyati hokimligi axborot-tahlil xizmati bosh mutaxassisi, Andijon viloyati hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri, Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat olib borgan.
Abrorbek Ahmadaliyev ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
F.Ubaydullayev, O‘zA muxbiri