English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iyun oyida 6,1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan – "O‘zenergoinspeksiya”
11:12 / 2023-07-04

Joriy yilning iyun oyida Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 265 ta holatda iste’molchilar tomonidan 13,1 million kilovatt soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Buning natijasida tizimga 6,1 milliard so‘m zarar keltirilgani ma’lum bo‘ldi. Noqonuniy foydalanishning eng ko‘p holatlari Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.  

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.  

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.  

 

N.Ziyodullayeva tayyorladi.  

O‘zA